Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-978-son, 21.10.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

 

Qonunga koʻra, Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Nashr sanasi 22.10.2024 Ko'rishlar 3 839
Ulashish