Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-noyabrdagi 733-son qarori bilan “O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga temir yo‘l transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Unga muvofiq, ayrim shaxslarga temir yo‘l transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi.
Nizomga ko‘ra, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tanloviga ko‘ra temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalardan bir yilda faqat bir marta beriladi.
Borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport (temir yo‘l yoki avtobus) turidan foydalanilishi mumkin.
Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni kuzatib borayotgan bir nafar shaxs ham borish hamda qaytish uchun bepul chipta olish huquqiga egaligi belgilandi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 06.11.2024
- Ko'rishlar: 1135
- Chop etish