BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) doirasida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi vakili Marko Arselli o‘z fikrlarini bildirdi:
– Dunyo yetakchilari iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq dolzarb muammolarni muhokama qilish uchun yiliga bir marta yig‘iladi. Joriy yil COP29da rivojlanayotgan iqtisodiy bozorlarda moliyalashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Asosiy savol tug‘iladi: zaruriy hududlarga kapital qanday jalb qilinadi? Boshqa muhim mavzular orasida suvni tuzsizlantirish va yashil vodorod va yashil ammiak kabi yangi energiya manbalari ham bor. Bu kabi masalalarni birgalikda muhokama qilish juda muhim.
Aksariyat hollarda O‘zbekistonni dekarbonizatsiya sohasidagi yetakchi mamlakat sifatida ko‘rsatib beramiz. “Aquaponics” kompaniyasi qayta tiklanadigan energiya manbalarini qurish uchun mamlakatni yirik investitsiyalar – yaqin bir necha yil ichida qariyb 15 milliard dollar bilan qo‘llab-quvvatlamoqda. Bunga kam emissiyaga ega bo‘lgan gaz bilan ishlaydigan kombinatsiyalangan siklli elektr stansiyalarini tarmoqqa birlashtirish uchun batareyalarni saqlash singari vazifalar kiradi.
O‘zbekiston investorlar bilan ochiq muloqot va tezkor qarorlar qabul qilish bilan ajralib turadigan istiqbolli yetakchilikning keys-stadi bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda u dunyodagi eng yirik dekarbonizatsiya dasturlaridan biriga rahbarlik qilmoqda.
Jahon hamjamiyati iqlim o‘zgarishi kun tartibi doirasida dekarbonizatsiya haqida uzoq vaqtdan beri gapirib kelmoqda. Tan olish kerakki, kelajakda bo‘lsada, uglerod chiqindilarini kamaytirish ancha qimmatga tushadigan loyiha.
Guvoh bo‘lyapmizki, O‘zbekiston tenderlardan foydalanish orqali strategik yondashuvni qo‘llamoqda. Bu narxlarni yaxshi nazorat qilib, miqyosini, tezligini ta’minlagan holda har tomonlama muzokaralarni osonlashtiradi. Agar jarayon juda sekin bo‘lsa, odamlar uning muvaffaqiyatiga ishonmaydi. Biz odamlarni bu trilemma (bir xil darajada nomaqbul uchta variantdan birini tanlash) emas, balki kvadrilemma ekaniga ishontirishimiz kerak. Biz barqarorlik, arzonlik, xavfsizlik va tezkorlikni hisobga olishimiz kerak. Bu borada tezroq harakat qilish talab etiladi.
Muhayyo Toshqorayeva yozib oldi.
O‘zA
- Qo'shildi: 12.11.2024
- Ko'rishlar: 907
- Chop etish