Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Qiynoqqa solishga qarshi kurash: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi (+video)

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada 10 dan ortiq davlatlardan 30 ga yaqin ekspertlar, xalqaro tashkilotlar va turdosh ta’lim muassasalari rahbarlari, shuningdek, O‘zbekistonning vazirlik va tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.  

Tadbirda qiynoq jinoyatiga qarshi kurashda innovatsion usullar va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, milliy va xalqaro tajribalarni o‘rganish orqali qiynoqlarning oldini olish choralarini takomillashtirish, qiynoqlar bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etish, tergov qilishda uchrayotgan muammolar hamda ularning yechimlari,  jazoni ijro etish muassasalarida inson qadr-qimmatini hurmat qilishni ta’minlash kabi asosiy yo‘nalishlar belgilab olindi.  

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA

Nashr sanasi 23.12.2024 Ko'rishlar 3 806
Ulashish