Bugun – 2025-yildagi ilk "Avtomobilsiz kun"

22-yanvar, chorshanba kuni – mamlakatimizning barcha hududlarida joriy yilning birinchi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Shu munosabat bilan Toshkent shahrida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida joylashgan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga, barcha yurtdoshlarimizga shaxsiy transport vositalaridan voz kechib, atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan jamoat transporti, velosiped kabi transport turlaridan foydalanish tavsiya qilingan.

Shaxsiy avtomobillardan voz kechib, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish orqali har birimiz o‘zimiz nafas olayotgan havo tozaligiga hissa qo‘shamiz. Ayniqsa, 2025-yil O‘zbekistonda – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili, deb e’lon qilingani ushbu ekologik tashabbusning ahamiyatini yanada oshiradi.

Ma’lumot uchun: "Avtomobilsiz kun" aksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga ko‘ra har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Powered by GSpeech