Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday nafaqa va to‘lov turlari mavjud va ularning miqdori qanday?

Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2025-yil 1-mart holatiga ko‘ra ushbu toifadagi nafaqa va yordam oluvchilar soni va moliyalashtirib berilgan mablag‘lar haqida ma’lumot berdi.

  • Jami I va II guruh nogironlik nafaqasi oluvchilar soni 315 057 nafarni tashkil etib, ularga mart oyi uchun jami 303,5 mlrd. so‘m pul mablag‘lari to‘lab berilgan.

 

Shundan:

  • I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilar soni: 38 574 nafar. Nafaqa miqdori esa: 1 027 000 so‘m.

  • II guruh nogironlik nafaqasi oluvchilar: 276 483 nafar. Nafaqa miqdori: 920 000 so‘m.

  • Bundan tashqari, I guruh ko‘z bo‘yicha nogironlik nafaqasi bo‘yicha  4 782 nafar shaxs  uy-joy kommunal xizmatlari uchun kompensatsiya oladi.

To‘lov miqdori: 192 600 so‘m.

  • Yuqorida keltirilgan uch toifalardagi  nafaqa oluvchilarga mart oyida jami 931,8 mln. so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.

  • 18 yoshgacha bolalikdan nogironlik nafaqasi oluvchilar soni 171 380 nafarni tashkil etadi.

Miqdori: 920 000 so‘m. Joriy yilning mart oyi uchun 163,6 mlrd. so‘m to‘lab berilgan.

  • Shuningdek, hozirgi vaqtda  75 390 nafar shaxs 18 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlash nafaqasini olib kelmoqda.  Nafaqa miqdori: 745 000 so‘m.

Mart oyida bu toifadagi shaxslarga 57,6 mlrd. so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.

Rasmiy xabarlar

Nashr sanasi 01.04.2025 Ko'rishlar 6 790
Ulashish