Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekistonda Ta’lim kodeksini qabul qilish rejalashtirilyapti

O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim kodeksi loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha  “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, bunda:

  • ta’lim olish sohasini tartibga soladigan qonun va qonunosti hujjatlarining tushuncha va normalarini tizimlashtirish;
  • insonning ta’lim olish konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan qoidalarni takomillashtirish;
  • pedagoglar maqomini mustahkamlash, qadr-qimmatini himoya qilish va ularga g‘amxo‘rlik qilish;
  • pedagoglarga imtiyozlar yaratish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash;
  • ta’lim tashkilotlarida inson huquqi madaniyatiga asoslangan muhitni shakllantirish bo‘yicha ta’lim sub’yektlari va ota-onalar javobgarligini belgilash nazarda tutiladi.

Ta’lim sohasidagi qonunchilik bazasi kompleks tizimlashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi.

 

Ta’lim kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim kodeksi loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Kun.uz

Nashr sanasi 29.04.2025 Ko'rishlar 3 265
Ulashish