Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Diqqat, ijtimoiy so‘rovnoma!

O‘zbekiston Respublikasi aholisining inson huquqlari bo‘yicha xabardorlik darajasini va insonning axborot olish imkoniyatlaridagi mavjud muammolarni aniqlash maqsadida  sotsiologik tadqiqot (so‘rovnoma) o‘tkazilmoqda.

Ushbu so‘rovnoma aholi o‘rtasida inson huquqlari va erkinliklari haqidagi bilimlar, ularning huquqiy madaniyat darajasi, davlat organlari va boshqa manbalar orqali zarur axborot olish imkoniyatlari to‘g‘risidagi fikrlarini o‘rganishga qaratilgan.

So‘rov natijalaridan aholining huquqiy ongini oshirish, inson huquqlari sohasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish va fuqarolarning axborot olish huquqini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun foydalaniladi.

So‘rovnoma davomida javob beruvchilardan shaxsiy ma’lumotlar talab qilinmaydi, barcha ma’lumotlar maxfiy saqlanadi va faqat umumiy tahlil uchun qo‘llaniladi.

 Sizdan so‘rovda faol ishtirok etishingizni, o‘z fikr va mulohazalaringizni ochiq va oshkora bildirishingizni so‘raymiz.

So‘rovnomada qatnashish uchun ushbu havola orqali o‘ting.

Nashr sanasi 29.04.2025 Ko'rishlar 3 420
Ulashish