Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Ko‘p qavatli uylarning bir qismi ijtimoiy uy-joy fondiga o‘tkaziladi

Ehtiyojmand aholiga ijtimoiy uy-joy berish tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha  “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, uy-joyga muhtoj shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ehtiyojmand aholiga ijtimoiy uy berish tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi:

- ijtimoiy uyda yashayotgan har bir oilani mahalladagi ijtimoiy xodim va hokim yordamchisi tomonidan kompleks baholash;
 - faqat mehnatga layoqatli a’zolari bo‘lmagan hamda “kambag‘al oilalar reyestri”da turgan oilalarga ijaraga ijtimoiy uy-joy berish;
- kambag‘al oilalarning mehnatga layoqatli a’zosi ishlash sharti bilan uyni ijara olish xarajatlarini qoplab berish;
- kambag‘allikdan chiqqan oilalarning ipotekasiga maxsus subsidiya shartlarini qo‘llash;
- ko‘p qavatli uy-joylarining bir qismini ijtimoiy uy-joy fondiga o‘tkazish.

 

Ishlab chiqilgan takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Kun.uz

Nashr sanasi 30.04.2025 Ko'rishlar 3 212
Ulashish