Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasining Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi loyihasini qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha  “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, loyihada:

insonning tibbiy xizmatlardan samarali foydalanishga oid huquqlarini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish;
sog‘liqni saqlash sohasidagi  amaldagi qonun hujjatlarining  izchilligiga erishish va ulardan foydalanish qulayligini ta’minlash;
aholining har tomonlama sifatli sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan qamrab olinishi, shu jumladan xavfsiz, samarali, sifatli va arzon narxlardagi asosiy dori-darmonlar hamda vaksinalardan foydalanishini ta’minlash;
reproduktiv salomatlik sohasida, OITS, gepatit S va tuberkulyozga qarshi kurashishda keng qamrovli sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash nazarda tutiladi.

 

Sog‘liqni saqlash xizmatlar ko‘rsatish sohasining huquqiy asoslarini xalqaro standartlarga muvofiq ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi loyihasi takomillashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Kun.uz

Nashr sanasi 30.04.2025 Ko'rishlar 3 318
Ulashish