Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Bola huquqlari kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston Respublikasining Bola huquqlari kodeksi loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha  “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, loyihada:

bola huquqlariga oid qonun hujjatlari kompleks tizimlashtiriladi;
BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi va uning Fakultativ protokollarida aks ettirilgan qoidalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari yanada takomillashtiriladi.

 

Bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish va to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi  O‘zbekiston Respublikasining Bola huquqlari kodeksi loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Kodeks loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasining Bola huquqlari kodeksi loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Kun.uz

Nashr sanasi 30.04.2025 Ko'rishlar 3 356
Ulashish