Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Shaxslarning bank kartalaridagi pullarini talon-toroj qilinishini to‘xtatish choralari ko‘riladi

Bu tartib haqida O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida qayd etildi.

Qaror bilan shaxslarning bank kartalaridagi pullarini talon-toroj qilinishini to‘xtatish maqsadida banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlariga zamonaviy antifrod va antivirus himoya tizimlarini joriy etish hamda firibgarlar tomonidan soxta raqamlar orqali fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilishlarini texnik (imkonsiz qilish) cheklash kabi choralar belgilandi.  

Joriy yildan boshlab, har yili bir oy davomida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targ‘ibot oyligini o‘tkazish hamda tashviqot ishlari sohaga oid barcha davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan faol tarzda olib borish orqali aholining raqamli immuniteti va ogohligini oshirishning doimiy tizimi yo‘lga qo‘yiladi.  

O‘zA

Nashr sanasi 06.05.2025 Ko'rishlar 3 306
Ulashish