Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Navoiy shahrida maishiy zo‘ravonlikka qarshi kurash yuzasidan aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi

23-mayda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Farhod Hayitboyev Navoiy shahridagi "O‘zbekiston" va "Bunyodkor" mahallalarida aholi o‘rtasida oilada maishiy zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha xabardorlik darajasini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi.

Ijtimoiy so‘rov O‘zbekiston Prezidentining 2023-yil 12-mayda qabul qilingan "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi farmoni hamda "O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori, shuningdek, Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarining bajarilishi ustidan amalga oshirilayotgan jamoatchilik monitoringi doirasida tashkil etildi.

Ushbu so‘rov orqali aholining oilada maishiy zo‘ravonlik holatlariga bo‘lgan munosabatiga e’tibor qaratildi. Fuqarolarning ayni masalaga yondashuvi tahlil etildi hamda bu boradagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalari o‘rganildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 23.05.2025 Ko'rishlar 2 943
Ulashish