Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Milliy markaz jamoasi – Zomin sayohatida

22-iyun kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi jamoasi Zomin milliy bog‘i va tog‘ yon bag‘rini sayohat qilib qaytdi. Sayyohlik tadbiri Milliy markazning Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi.

Milliy markaz xodimlari va ularning yaqin oila a’zolari Jizzax viloyatidan o‘tadigan markaziy yo‘l bo‘yidagi turistik xizmatlar imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, yo‘l yoqasidagi “Beshyog‘och” kafesida tayyorlangan milliy taomlardan tamaddi qildilar.

Sayohat dasturining asosiy tadbiri Zomin milliy bog‘ining so‘lim go‘shalarini tomosha qilishdan boshlandi. Bu yerda sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar hamkasblarimizga manzur bo‘ldi.

Milliy bog‘ hududidagi “Kanat yo‘li”, “Baxt” osma ko‘prigi, “Ming yillik archa”, “Sherbuloq” shifobaxsh suvi, Zomin sharsharasi va suv ombori, “Boboyong‘oq” dam olish maskani o‘zgacha jozibasi bilan sayyohlarni o‘ziga rom etdi. Ayniqsa, tog‘ hududining toza havosi va zilol suvlari hammaga maqbul bo‘ldi.

Milliy markaz xodimlari sayohat asnosida Zomin ahlining mahalliy taomi – qozon patir tayyorlash jarayonini ham yaqindan tomosha qildilar. Xushta’m va issiq patirlarni tatib ko‘rgach, jamoadoshlarimizning kayfiyati yanada chog‘ bo‘lib, sayohat jarayoni yangi  taassurotlar bilan boyidi.

Zomin sayohati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-mayda qabul qilingan “2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi. Bu Milliy markazning Kasaba uyushmasi qo‘mitasi amalga oshirgan navbatdagi tadbir hisoblanadi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 23.06.2025 Ko'rishlar 3 379
Ulashish