O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik, do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari tobora kengayib, takomillashib va izchil rivojlanib bormoqda. Aslida bu tarixiy mushtaraklik qadimiy Buyuk ipak yo‘liga asos solingan davrlardan boshlangan.
Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari yangi davrga, sifat jihatdan yuqori bosqichga qadam qo‘ydi. Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning huquqiy negizini “Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma”, “Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya”, “Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi qo‘shma deklaratsiya” kabi muhim ikki tomonlama hujjatlar tashkil etadi.
Jahon hamjamiyati Xitoyning kambag‘allikka qarshi kurashish, hududlarni rivojlantirish va professional kadrlar tayyorlash borasidagi ilg‘or tajribasini yuqori baholamoqda. Mamlakatning bunday muvaffaqiyatga erishishida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi, xalqaro darajada tan olingan lider Si Szinpinning rahbarlik roli beqiyosdir.
Si Szinpin janobi oliylari o‘z chiqishlaridan birida: “Buyuk davrlar buyuk insonlarni dunyoga keltiradi”, deb ta’kidlagani bejiz emas. Chunki aynan uning rahbarligida Xitoy davlati “yangi davr”ga qadam qo‘ydi – bugungi kunda mamlakat savdo-sotiq qobiliyati bo‘yicha – jahonda birinchi, yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha – AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Bu yuksak natijalar XXRda kambag‘allikka barham berish imkoniyatini ta’minladi. Mamlakatda keyingi 10-yil davomida aholi daromadi ikki baravar ortdi. Xitoyning ushbu yutuqlari xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e’tirof etildi.
Si Szinpin janobi oliylarining asosiy shiori shunday: “Oddiy odamlarni o‘z ota-onangdek yaxshi ko‘r, ularning manfaatlariga xizmat qil va baxtiyor hayot kechirishlarini ta’minla”. Bu chorlov o‘zbek kitobxonlariga taqdim etilayotgan “Si Szinpin. Inson huquqlarini hurmat qilish va kafolatlash to‘g‘risida” to‘plamiga ham kiritilgan.
Kitob Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi huzuridagi Partiya tarixi va adabiyoti nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Nashrga so‘z boshida, jumladan, shunday deyiladi: “Bosh kotib Si Szinpinning inson huquqlarini himoya qilish va kafolatlash masalalaridagi qator muhim g‘oyalari uzoqni ko‘ra bilish, mazmunining boyligi va fikrlarining chuqurligi bilan o‘ziga xosdir. Ular Xitoy xalqining inson huquqlarini yanada yuqori darajada ta’minlash, modernizatsiyalashgan sotsialistik davlatning har taraflama taraqqiy etishi, Xitoy millatini buyuk maqomda tiklash haqidagi xitoy orzusi uchun oliy ahamiyatga egadir. Bu inson huquqlarini yanada adolatli va inklyuziv, tizimli tarzda global boshqaruvini shakllantirish, shuningdek birgalikda insoniyat yagona taqdirining hamjamiyatini yaratish uchun ulkan ahamiyatga egadir. Bu inson huquqlarining yanada adolatli, oqilona va inklyuziv global boshqaruvi tizimini shakllantirishni ilgari surish, shuningdek, insoniyat kelajagi umumiy bo‘lgan hamjamiyatni yaratishda ulkan ahamiyatga ega. Xitoyda va xorijdagi o‘quvchilarning Si Szinpinning muhim fikrlari hamda Xitoyning inson huquqlarini hurmat qilish va himoya etish sohasidagi ulkan tajribasi bilan tanishishlari va o‘rganishlari maqsadida biz “Si Szinpin. Inson huquqlarini hurmat qilish va kafolatlash to‘g‘risida to‘plam” kitobini tayorladik”.
Bugungi kunga qadar ushbu kitob xitoy, ingliz, rus va boshqa tillarda nashr etilgan. Kitobda Si Szinpinning 2012-yil 15-noyabrdan 2021-yil 30-oktyabrgacha, ya’ni 10-yil davomidagi muhim ma’ruzalari, suhbatlari nutqlari, savollarga javoblari, tabriklaridan iborat 160 tadan ko‘proq chiqishi matnlari jamlangan. Kitob 9 ta mavzu doirasida bildirilgan 335 ta fikrni qamrab olgan. Si Szinpinning to‘plamga kiritilgan ayrim fikrlari birinchi bor nashr etilgan.
Kitobning 2025 yilgi o‘zbekcha nashri Pekindagi “Xorijiy tillardagi adabiyotlar nashri” MCHJ va Toshkentdagi “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etildi. To‘plam taqdimoti 2025-yil 19-avgust kuni poytaxtimizda Xitoy Inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha jamiyati, Xitoy Xalq Respublikasining Adabiyotlarni xorijiy tillarda nashr etish va tarqatish ishlari bo‘yicha boshqarmasi, XXRning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamkorligida tashkil etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 19.08.2025
- Ko'rishlar: 142
- Chop etish