Taqdimotda Xitoy Inson huquqlarini o‘rganish jamiyatining ijrochi vitse-prezidenti Tszyan Tszyango, O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi direktori Akmal Saidov, XXRning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yu Szyun, shuningdek ilmiy doiralar, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, diplomatik korpus va OAV vakillari qatnashdi.
Chiqishlarda ta’kidlanishicha, mazkur kitob Xitoyning inson huquqlarini himoya qilish masalasidagi konseptual yondashuvlarini yorituvchi muhim manba hisoblanadi. Asarning o‘zbek tilida nashr etilishi ilmiy-ma’rifiy almashinuvni kengaytirish, davlatlararo muloqotni chuqurlashtirish va gumanitar hamkorlikni rivojlantirishda katta imkoniyatlar yaratishi qayd etildi.
Tadbir yakunida mehmonlar va ishtirokchilarga XXR Raisi Si Szinpinning “Inson huquqlarini hurmat qilish va kafolatlash to‘g‘risida” nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri topshirildi.
- Qo'shildi: 20.08.2025
- Ko'rishlar: 48
- Chop etish