Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘ZBEKISTON NOTARIAL PALATASI HAMKORLARI TAQDIRLANDI

Yurt Mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududlarida, tashkilot va muassasalarda bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Notarial palatasida ham tantanali marosim tashkil etildi.

Tadbirda Palata bilan yaqin hamkorlik qilib, notariat sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faol yurtdoshlarimiz “Notariat sohasiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Palata rahbariyati barcha mukofotlanganlarni samimiy tabriklab, kelgusida hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanishini ta’kidladi.

Nashr sanasi 26.08.2025 Ko'rishlar 3 142
Ulashish