Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Davlat xizmatlari koʻrsatishda talab qilinadigan hujjatlar soni qisqartiriladi

2025-yil 1-dekabrdan nikohni rasmiylashtirishda FHDYO organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy koʻrik natijalarini taqdim qilish talabi bekor qilinadi.

Bu “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–157-son, 08.09.2025-y.)da belgilandi.

Farmonga koʻra, 2025-yil 1-dekabrdan idoralararo axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish orqali quyidagilar bekor qilinadi, jumladan:

  • nikohni rasmiylashtirishda FHDYO organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy koʻrik natijalarini taqdim qilish talabi;
  • nikohdan sud qarori asosida ajratilganda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini shakllantirish uchun FHDYO organlari tomonidan sud qarorining talab qilinishi;
  • avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini koʻrsatish talabi.

Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • 2028-yilgacha YAIDXP (my.gov.uz) va davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkazish;
  • proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga hamda kompozit davlat xizmatlarini 74 taga yetkazish.

 

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati» 

Nashr sanasi 10.09.2025 Ko'rishlar 2 628
Ulashish