Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Konstitutsiya – adolat tantanasi: Akademiyada talabalarning akademik bilan uchrashuvi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi direktori, akademik Akmal Xolmatovich Saidov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33-yilligiga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda akademik Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, Yangi O‘zbekistonda adolat va qonuniylikni ta’minlashdagi o‘rni, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar va konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati xususida fikr almashdilar.

Mazkur ma’rifiy tadbir yosh kadrlarni vatanparvarlik, qonun ustuvorligi va adolat tamoyillariga sodiqlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Akademiya rahbariyati bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish yuqori malakali huquqshunoslarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

O'zbekiston Respublikasi
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

Nashr sanasi 05.12.2025 Ko'rishlar 2 830
Ulashish