Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

Guliston davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi, uyushma a’zosi Akmal Saidov hamda Guliston davlat universiteti dotsenti Kamola Xudjamatovalarning “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: o‘quv qo‘llanma” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet birinchi prorektori Kozim Kudratov olib bordi.

Taqdimotda uyushmasi a’zosi, universitet professori Ravshanbek Mahmudov, qolaversa, Farhod Hayitboyev, O‘tkirbek Ochilov, Hamidullo Muminov, Yorqinbek Hayitboyev kabi universitet professor-o‘qituvchilari hamda magistrantlari so‘zga chiqib, mazkur qo‘llanmaning dolzarbligi va amaliy ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirishdi.

Taqdimot yakunida mazkur kitob nusxalari yig‘ilganlarga ulashildi.

 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Sirdaryo viloyati bo‘limi

Nashr sanasi 12.12.2025 Ko'rishlar 2 145
Ulashish