Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekiston va IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

17-dekabr kuni Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha Mustaqil doimiy komissiyasining 26-sessiyasi doirasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda IHT Inson huquqlari bo‘yicha Mustaqil doimiy komissiyasi a’zosi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Mirzatillo Tillaboyev hamda Komissiya Kotibiyatining ijrochi direktori doktor Hodi bin Ali al-Yamiy ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida inson huquqlarini himoya qilish va ilgari surish sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, IHT Komissiyasi faoliyati doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar, shuningdek, a’zo davlatlar o‘rtasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekistonning inson huquqlari sohasida amalga oshirayotgan islohotlari va Milliy markazning xalqaro hamkorlikdagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma tashabbuslar va tadbirlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi. Bunday muloqotlar IHT doirasida inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 17.12.2025 Ko'rishlar 2 302
Ulashish