Elektromobillardan foydalanishni kengaytirish yanada rag‘batlantiriladi

Ekologik avtomobillarni ko‘paytirish bo‘yicha besh yillik dastur amalga oshiriladi.

 

Bunda mahalliy elektromobillarga 12 foizli, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizli avtokreditlar ajratiladi.

 

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini tashkil qilish uchun tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar beriladi, yerlarni auksiondan 2 karra arzon narxda sotib olish imkoniyati yaratiladi.

 

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarida avtomobillarni zaryadlashda 1 kilovatt-soat elektr energiyasi narxining 300 so‘mdan oshgan qismi davlat byudjetidan qoplab beriladi.

 

Elektromobilda taksi xizmati ko‘rsatadigan fuqarolarga ham bir qator imtiyozlar beriladi.

Rasmiy xabarlar I Официальные новости

Powered by GSpeech