Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Inson huquqlari uyida “Akademik soat” o‘tkazildi

13-fevral kuni Inson huquqlari uyida  “Standartga muvofiq adabiyotlarni bibliografiyalash qoidalari" mavzusida “Akademik soat” o‘tkazildi. U Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Tadbirda inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqot olib boruvchi doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutining doktorantlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” magistraturasi tinglovchilari qatnashdi. Mashg‘ulotlar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Kutubxonasi mutaxassislari ishtirokida olib borildi.

Mazkur o‘quv soatlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad ilmiy-o‘quv imkoniyatlardan foydalangan holda ilmiy faoliyat samaradorligini yanada oshirishdir. Bunda ilmiy tadqiqot yo‘nalishida tomonlar o‘rtasidagi mavjud munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 13.02.2026 Ko'rishlar 2 081
Ulashish