Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Inson huquqlari uyida sayyor dars

2-aprel kuni Inson huquqlari uyida Toshkent davlat yuridik universitetining Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti, Davlat va jamiyat boshqaruvi yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun sayyor dars o‘tkazildi. Inson huquqlari moduli doirasidagi ushbu mashg‘ulotlar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tashkil etildi.

Milliy markazning Ta’lim va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Hayitboyev tadbirni ochar ekan, talabalarga Milliy markaz faoliyati va Inson huquqlari uyida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Mashg‘ulot davomida Milliy markaz mas’ul xodimlari S.Bozorov  va A.Turdibekov Milliy markaz bo‘limlarining faoliyati hamda bu yerda tashkil etilayotgan tadbirlar haqida axborot taqdim etdi.

Tadbirda, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi mudiri Sh.Rahmonov va kafedra katta o‘qituvchisi F.Nurullayev so‘zga chiqdi. Ma’ruzachilar Milliy markaz bilan boshqa davlat tashkilotlari va yuridik ta’lim muassasalarining o‘zaro  hamkorligi hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidagi munosabatlar istiqbollari to‘g‘risida atroflicha to‘xtaldilar.

Dars mashg‘uloti qiziqarli va munozaralarga boy ruhda o‘tdi. Tadbir yakunida talabalar Inson huquqlari uyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, kutubxonada mavjud yangi kitoblarni ko‘zdan kechirdilar.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 02.04.2026 Ko'rishlar 1 893
Ulashish