Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Zominda «Shohrux kutubxonasi» ochildi

18-iyul kuni Jizzax viloyati Zomin tumanida «Shohrux kutubxonasi» foydalanishga topshirildi. Ushbu yirik ma’naviy-ma’rifiy maskan kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.

Kutubxonaning ochilishida so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvarda qabul qilingan «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida kitobxonlikni ommalashtirish, zamonaviy kutubxona xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilanganini ta’kidladilar. Xususan, ushbu yangi kutubxona ham ayni vazifalarning ijrosi doirasida ishga tushirildi.

Tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov ham ishtirok etdi.  A.Saidov e’tirof etganidek, zamonaviy talablar asosida barpo etilgan bu kabi axborot-kutubxona muassasalari mamlakatimizda kitobxonlikni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Ma’lumot uchun: «Shohrux kutubxonasi» bir vaqtning o‘zida 100 nafardan ziyod kitobxonga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Uning fondida 50 mingdan ortiq badiiy asar va ilmiy qo‘llanma jamlangan.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

 matbuot xizmati

Nashr sanasi 22.07.2026 Ko'rishlar 1
Ulashish