Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar organlari to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish: inson huquqlari bo‘yicha yondashuv

30-iyul kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini takomillashtirishda yangi qonunchilik islohotlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir "Favqulodda vaziyatlar organlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlandi.

Davra suhbatida qonun loyihasini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan soha mutaxassislari va huquqshunos olimlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i, professor, polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov tadbirni ochar ekan, mamlakatimizda favqulodda vaziyatlar sohasini tubdan takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar haqida so‘z yuritdi. Muhokama etilayotgan qonun loyihasining dolzarbligi hamda uning favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatining zamonaviy va samarali huquqiy asoslarini yaratishdagi o‘rni haqida batafsil to‘xtaldi.

Davra suhbatida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari professor Mirzatilla Tillaboyev ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzada “Favqulodda vaziyatlar organlari to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish: inson huquqlari bo‘yicha yondashuvmavzusi atroflicha ochib berildi.

Muhokamalar davomida qonun loyihasida nazarda tutilgan asosiy yangiliklar, favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, sohada davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga qaratilgan huquqiy normalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan mutaxassis va olimlar tomonidan qonun loyihasida nazarda tutilgan normalarning amaliy ahamiyati, ularni samarali amalga oshirishning huquqiy va tashkiliy mexanizmlari, ilg‘or xorijiy tajribani milliy qonunchilikka uyg‘unlashtirish hamda favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 31.07.2026 Ko'rishlar 28
Ulashish