Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Mahkumalar farzandlarining huquqlari himoyasi yölida

Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan-2026-yil 12-noyabrda «Jazoni ijro etiş muassasalaridagi mahkuma ayollar farzandlarini maktabgaça ta’lim bilan qamrab oliş tizimini takomillaştiriş töğrisida»gi qaror qabul qilindi. Şu asosda- 2026-yil 1-dekabrdan Içki işlar vazirligi jazoni ijro etiş tizimidagi 21-son koloniyaning Bolalar uyi negizida hamda 42-son manzil-koloniyada 3 yoşgaça bölgan bolalar uçun «Ona va bola markazlari» taşkil etiladi.

Qarorga muvofiq, Markazlarning asosiy vazifasi bolalarga sifatli parvariş körsatiş, ularning soğlom ösişi va yoşiga mos rivojlanişini ta’minlaş, şuningdek, ona va bola örtasidagi yaqinlikni saqlaş uçun zarur şaroitlar yaratişdan iborat.

Qarorga köra, mahkuma ayollarga işdan böş vaqtlarida, jumladan, tungi paytda ham farzandlari bilan birga böliş imkoniyati beriladi.

Markazlar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tizimida yuridik şaxs maqomida faoliyat yuritadi. Ularda keça-kunduz işlaydigan, beş nafargaça bolani qamrab oluvçi guruhlar taşkil etiladi.

Bolalar belgilangan me’yorlar asosida oziq-ovqat, kiyim-keçak, poyabzal va yumşoq jihozlar bilan ta’minlanadi. Şuningdek, ular tibbiy körikdan ötkazilib, emlanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoni tasdiqlangan bolalarni rivojlantiriş dasturi asosida taşkil etiladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ona va bola uçun yaratilgan şaroitlarni har çorakda monitoring qilib boradi. Zarur hollarda bolaga vasiylik belgilaş yoki uni muqobil joylaştiriş şakllaridan biriga joylaştiriş çoralari köriladi.

Şuningdek, Markazlar xodimlariga maktabgaça ta’lim taşkilotlari uçun belgilangan şartlar asosida iş haqi tölanadi. Alohida mehnat şaroitlari uçun har oy 100 foiz miqdorida ustama haq belgilanadi.

 

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 16.11.2026 Ko'rishlar 173
Ulashish