Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Içki işlar vazirligi xodimlari uçun fuqarosizlikni qisqartiriş va unga barham beriş masalalari böyiça trening

2026-yil 16-noyabr kuni Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi xodimlari uçun fuqarosizlikni qisqartiriş va unga barham beriş masalalari böyiça trening bölib ötdi. Tadbir Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMT Qoçoqlar işlari böyiça Oliy komissari boşqarmasi (BMT QOKB) bilan hamkorlikda taşkil etildi.

Trening Milliy markaz va BMT QOKBning 2026-yilga möljallangan Qöşma tadbirlar rejasi doirasida ötkazildi. Unda Içki işlar vazirligi, Milliy markaz va BMT QOKB xodimlari iştirok etdi.

Trening maqsadi — fuqarosizlikning oldini oliş va uni qisqartiriş böyiça xalqaro standartlar, jumladan, 1961 yilgi Fuqarosizlikni qisqartiriş töğrisidagi konvensiyada mustahkamlangan huquqiy kafolatlar yuzasidan bilimlarni çuqurlaştiriş hamda Içki işlar vazirligi xodimlarining fuqaroligi bölmagan şaxslarni aniqlaş, hujjatlaştiriş va ularning huquqlarini himoya qiliş böyiça amaliy salohiyatini yanada mustahkamlaşdan iborat.

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov treningni oçar ekan, Markaz 2021-yildan buyon BMT QOKB bilan faol hamkorlik qilib kelayotganini, şu davr mobaynida fuqarosizlikni qisqartiriş va unga barham beriş masalalari böyiça jami 21 ta qöşma tadbir taşkil etganini ta’kidladi. Bugungi trening ötgan yilning noyabr oyida NNT va yuridik klinikalar vakillari, sudyalar hamda içki işlar organlari xodimlari uçun ötkazilgan turkum öquv tadbirlarining mantiqiy davomi ekani qayd etildi.

A. Saidov fuqarosizlik muammosini hal etiş «Özbekiston – 2030» strategiyasida mustahkamlangan davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekani, 2020-yilda «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinişi bu borada hal qiluvçi qadam bölganini alohida ta’kidladi.

Markaz direktorining ma’lumotiga köra, 1992–2016-yillarda Özbekiston fuqaroligini 482 nafar şaxs olgan bölsa, 2016-yildan buyon 91 mingdan ortiq kişi: 26 mingga yaqin şaxs Prezident farmonlari bilan fuqarolikka qabul qilingan, 66 mingdan ortiq şaxs Özbekiston fuqarosi deb e’tirof etilgan. A. Saidov bu natijalar ortida, avvalo, içki işlar organlari xodimlarining joylardagi maşaqqatli va mas’uliyatli mehnati turganini, Içki işlar vazirligi fuqarolik masalalarini hal etiş böyiça davlat siyosatini amalga oşirişda asosiy ijro böğini hisoblanişini qayd etdi.

Dastur doirasida iştirokçilar:

–        fuqaroligi bölmagan şaxslar, fuqarosizlik xavfi ostidagi şaxslar va fuqaroligi aniqlanmagan şaxslar tuşunçalari, fuqarosizlikning sabablari va oqibatlari, fuqarolik huquqiga oid inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar hamda BMT QOKBning mandati va roli;

–        1954 yilgi Fuqaroligi bölmagan şaxslar maqomi töğrisidagi va 1961 yilgi Fuqarosizlikni qisqartiriş töğrisidagi konvensiyalarga muvofiq fuqaroligi bölmagan şaxslar sonining oldini oliş va uni qisqartirişning asosiy kafolatlari;

–        Özbekistonning fuqarosizlik muammosini hal etiş böyiça tajribasi: fuqaroligi bölmagan şaxslarni xaritaga tuşiriş, ma’lumotlar töplaş va statistika, normativ-huquqiy baza va tartib-taomillar, asosiy yutuqlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar;

–        fuqaroligi bölmagan şaxs maqomini belgilaş tartib-taomili: uning bosqiçlari, dalillarning roli, protsessual kafolatlar va qarorlarni qayta körib çiqiş mexanizmlari, Markaziy Osiyo va boşqa mamlakatlardagi amaliyot;

–        Markaziy Osiyoda fuqarosizlikka barham beriş va uning oldini oliş: yutuqlar, saqlanib qolayotgan muammolar va imkoniyatlar, ilğor mintaqaviy tajriba, Fuqarosizlikka barham beriş böyiça Global alyans va Aşxobod deklaratsiyasi masalalari böyiça ma’ruza va muhokamalarda qatnaşdi.

Trening yakunida iştirokçilar asosiy xulosalar va natijalarni muhokama qildi.

Şuningdek, Milliy markaz va BMT QOKBning qöşma naşrlari — fuqarosizlikka oid xalqaro konvensiyalar matnlarining davlat tilidagi tarjimalari, amaliy qöllanmalar hamda Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlari qonunçiligi va huquqni qöllaş amaliyotining uşbu konvensiyalar qoidalariga muvofiqligi böyiça qiyosiy-huquqiy tahlil Içki işlar vazirligi xodimlari faoliyatida muhim amaliy kömak bölişi ta’kidlandi.

 

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 16.11.2026 Ko'rishlar 120
Ulashish