Inson huquqlarini himoya qiliş sohasida mediatsiya tamoyilini qöllaş böyiça Özbekiston tajribasi Minskda taqdim etildi. Ekspertlar muhokamasi Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi rasmiy qarorgohida bölib ötdi.
26-noyabr kuni MDH Inson huquqlari böyiça komissiyasi şafeligida “Inson huquqlariga daxldor nizolarni hal etişning mediativ mexanizmlari töğrisida” mavzusida davra suhbati taşkil etildi. Tadbirda Komissiya a’zolari hamda Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston va Özbekistonning mediatsiya sohasidagi ekspertlari iştirok etdi.
Mavzu yuzasidan MDH Inson huquqlari böyiça komissiyasi a’zosi, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinçi örinbosari Mirzatillo Tillaboyev ma’ruza qildi.
Davra suhbati davomida MDH Boş kotibining birinçi örinbosari Igor Petrişenko ta’kidlaganidek, inson huquqlarini himoya qiliş nafaqat huquqbuzarliklarning oldini oliş va ularga munosabat bildirişni, balki nizolarni tinç yöl bilan hal etiş, buzilgan huquqlarni tiklaş hamda inson qadr-qimmatini saqlab qoliş yöllarini izlaşni ham nazarda tutadi. Şu ma’noda, muloqotga, özaro tuşunişga va tomonlarning manfaatlarini hisobga oluvçi yeçimlarni topişga yönaltirilgan mediatsiya alohida ahamiyat kasb etadi.
"MDHning Inson huquqlari böyiça komissiyasiga a’zo davlatlarning aksariyatida mediatsiya taomilini tartibga soluvçi qonun hujjatlari qabul qilingan. Bu esa mazkur institut davlat darajasida e’tirof etilib, mustahkamlab qöyilganidan hamda muhim huquqiy mexanizm sifatida körib çiqilayotganidan dalolat beradi. Mediatsiya imkoniyatlari fuqarolar huquqlarini himoya qiliş bilan bevosita şuğullanadigan şaxslarning amaliy faoliyatida ham öz aksini topib borişi muhimdir", – dedi u.
Uşbu faoliyatda inson huquqlari böyiça milliy institutlar, şuningdek, huquqni himoya qiliş faoliyatining boşqa iştirokçilari alohida örin tutişi ta’kidlandi. Ularning vazifasi nafaqat fuqarolarning murojaatlarini körib çiqiş va buzilgan huquqlarni tiklaşga kömaklaşiş, balki nizolarning oldini oliş, özaro hamjihatlikni mustahkamlaş hamda har bir insonning huquqlariga hurmat bilan munosabatda bölişni şakllantirişdan ham iboratdir.
Nizolarni tinç yöl bilan hal etiş madaniyatini rivojlantiriş, ayniqsa, mojaro oilaviy munosabatlarga, bolalar manfaatlariga, fuqarolar va taşkilotlar örtasidagi özaro hamkorlikka yoki kundalik hayotning boşqa sohalariga daxl qiladigan vaziyatlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Fikriga quloq solinişi, öz nuqtayi nazarini bayon etiş va özaro maqbul yeçim topişda iştirok etiş imkoniyatining öziyoq inson qadr-qimmatiga bölgan hurmatni qaror toptirişda katta ahamiyatga ega.
Şu bilan birga, mediatsiyaga faqat muayyan toifadagi nizolarda qöllanadigan alohida tartib-taomil sifatida qaralmasligi kerak. Kengroq ma’noda olganda, uning muloqot, özaro hurmat, qabul qilinayotgan qarorlar uçun mas’uliyat va kelişmovçiliklarni tinç yöl bilan hal qilişga intiliş kabi qadriyatlari huquqni himoya qiliş faoliyati umumiy madaniyatining bir qismiga aylanişi mumkin va şunday bölişi ham şart.
Ekspertlarning ta’kidlaşiça, bunday madaniyatning şakllanişi huquqiy nizo yuzaga kelişidan ança oldin boşlanadi. Bolalarni boğça yoşidanoq özgalarning huquqlarini hurmat qilişga, kelişmovçiliklarni zöravonliksiz hal etişga, boşqalarning fikriga quloq solişga va murakkab vaziyatlardan muloqot orqali çiqiş yölini izlaşga örgatiş muhimdir. Keyinçalik bu könikmalar oilada, ta’lim muassasalarida, mehnat jamoalarida, davlat organlari va jamoat taşkilotlari faoliyatida rivojlantirilişi lozim.
Mediatsiya mavzusi nizolarni tinç yöl bilan hal etiş insonlar örtasidagi özaro munosabatlarning tabiiy va maqbul yöli sifatida qabul qilinadigan jamiyatda huquqiy madaniyatni şakllantirişdek kengroq vazifa bilan çambarças boğliqdir.
Ekspertlar Hamdöstlik davlatlari tajribasini örganib çiqdilar. Oilaviy mediatsiya, voyaga yetmaganlar iştirokidagi nizolarni hal etiş yondaşuvlari, şuningdek, jinoiy-huquqiy munosabatlar sohasida tiklovçi mediatsiya imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Ma’lumki, 2027-yil – MDHda Huquqiy ma’rifat yili, BMT darajasida esa Xalqaro huquqiy savodxonlik yili, deb e’lon qilingan. Uşbu taşabbuslar huquqiy bilimlardan foydalaniş imkoniyatlari, fuqarolarni xabardor qiliş hamda nizolarni hal etişning tinç mexanizmlarini ommalaştirişga alohida e’tibor qaratiş, şuningdek, mediatsiya amaliyotini inson huquqlarini himoya qiliş faoliyatining tayanç vositalaridan biri sifatida körib çiqib, istiqboldagi qadamlarni belgilab oliş imkonini beradi.
Inson huquqlari böyiça
Özbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
