Muloqot majlisi sessiyasida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish choralari ko‘rib chiqildi
Toshkent shahrida davom etayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti majlisi doirasida “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish va huquqiy himoya” mavzusida beshinchi sessiya o‘tkazildi.
Sessiyada Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston parlamentlari, jamoat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda fuqarolik jamiyati faollari ishtirok etdi.
Turkmaniston Mejlisining Fan, taʼlim, madaniyat va yoshlar siyosati qo‘mitasi raisi B. Miradova sessiyada moderatorlik qildi.
Ishtirokchilar xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, qonunchilik va himoya tizimini mustahkamlash, yuridik va psixologik yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish, gender stereotiplarga qarshi chora-tadbirlar ko‘rish, davlat va fuqarolik jamiyati hamkorligini rivojlantirish kabi masalalarni muhokama qildi.
Shuningdek, oilada zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan qonunlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari va krizis uylarining ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Sessiya yakunida ishtirokchilar ayollarning xavfsizligini taʼminlash, ularning huquq va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish hamda mintaqa davlatlari o‘rtasida tizimli hamkorlikni yanada mustahkamlash ahamiyatini qayd etdi.
O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati
Ўзбекча
English
Русский