O‘zbekiston Global Peace Index 2026 xalqaro reytingiga ko‘ra, tinchliksevarlik darajasi bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi deb e’tirof etildi.
O‘zbekiston Global Peace Index 2026 xalqaro reytingiga ko‘ra, 37-o‘rinni egallab, dunyodagi eng tinchliksevar 40 ta davlat qatoridan joy oldi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida bu eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Mintaqa mamlakatlari orasida Qozog‘iston 44-pog‘onani, Tojikiston — 47-pog‘onani, Qirg‘iziston — 61-pog‘onani, Turkmaniston esa 66-pog‘onani egalladi.
Dunyodagi eng xavfsiz va tinchliksevar mamlakat maqomini o‘zida saqlab kelayotgan Islandiya global reyting yetakchisiga aylandi.
Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA
