Prezidentning «Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Unda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining muqobil shakli «Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi va uning tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining ta’lim dasturi majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida kiritiladi.
Bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari faoliyati maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar va ijtimoiy soha obyektlarida yo‘lga qo‘yiladi.
Eng asosiysi, nodavlat ta’lim tashkilotlariga ham bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etishga ruxsat beriladi.
Rasmiy axborot
