Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Rossiyaning Novosibirsk klinikalari va xususiy tibbiyot tashkilotlari vakillaridan iborat biznes-missiyasi Toshkentda bo'ldi

NOVOSIBIRSK, 10-noyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Bosh konsulxonasi O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi ko'magida Toshkentga Novosibirsk shahridagi xususiy tibbiyot tashkilotlari va klinikalari vakillarining biznes-missiyasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif doirasida biznes-missiya a'zolari Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi, O'zbekiston Tibbiyot turizmi assotsiatsiyasi, Toshkent tibbiyot akademiyasining uchinchi klinikasi, Hamshiralar akademiyasi, shuningdek, shahardagi "AKFA Medline" va "Ezgu Niyat" kabi bir qator xususiy klinikalarda uchrashuvlar o'tkazdi.

Uchrashuv davomida delegatsiya vakillari O'zbekistonning xirurgiya, reproduktologiya, ginekologiya, EKO, onkologiya va kardiojarrohlik sohasidagi ilg'or texnologiyalarini o'rgandi.

Bundan tashqari, tomonlar yurtimizda Novosibirsk klinikalari vakolatxonalarini ochish, shuningdek, Novosibirskdan kelgan bemorlarni O'zbekiston tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yuborish istiqbollarini muhokama qildilar.

Tashrif yakunida biznes missiya vakillari Toshkentda bo'lib o'tgan 17-Xalqaro "UzMedExpo-2025" ko'rgazmasida ishtirok etib, "Chirchiq" texnoparkida bir martalik tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi Rossiyaning "Zdravedmettex-Aziya" kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Nashr sanasi 10.11.2025 Ko'rishlar 3 175
Ulashish