Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Qozog‘istonda konstitutsiya bo‘yicha referendumda ovoz berish yakunlandi

Qozog‘istonda konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda ovoz berish yakunlandi. Bu haqda Markaziy referendum komissiyasi raisi o‘rinbosari Muxtar Yerman ma’lum qildi.

«Uchastka komissiyalari ovozlarni hisoblashga kirishdi», — dedi u.

Yermanning so‘zlariga ko‘ra, referendumda 9,1 milliondan ortiq fuqaro ovoz bergan, bu barcha ovoz beruvchilarning 73,24 foizini tashkil qiladi.

«Referndumning dastlabki natijalari alohida e’lon qilinadi", – ma’lum qildi Yerman.

Referendumga qo‘yilgan konstitutsiya loyihasiga ko‘plab o‘zgartishlar, xususan, vitse-prezident lavozimini joriy etish, ikki palatali parlamentdan bir palatali parlamentga o‘tish, milliy huquqning xalqaro huquqdan ustuvorligini mustahkamlash kabilar kiritilgan.

Yexit Roll natijalariga ko‘ra, saylovchilarning 86,7 foizi yangi loyihani qo‘llab-quvvatlab ovoz bergan. 

 

Kun.uz

Nashr sanasi 16.03.2026 Ko'rishlar 1 940
Ulashish