Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

“Sen iste’dodlisan” tanlovining hududiy bosqichi yakunlandi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabida yuqori tayyorgarlik asosida o‘tkazilgan “Sen iste’dodlisan” tanlovining ikkinchi hududiy bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

Tanlovda 16 nafar iste’dodli o‘quvchi ishtirok etib, o‘z yo‘nalishida mahorat va qobiliyatlarini namoyon etishdi. Ishtirokchilar ijodiy chiqishlarida faqat texnik mahorati bilan emas, balki sahna madaniyati va chiqishlarning badiiy qiymati bilan ham baholanishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Estrada vokal (an’anaviy ijrochilik) yo‘nalishida Xovos tumanidagi 14-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Mahmudjon Tolibjonov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tasviriy san’at yo‘nalishida esa Yangiyer shahar 1-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Husan To‘lqinov  faxrli 1-o‘rinni egalladi.

G‘oliblar va muvaffaqiyat qozongan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanibgina qolmay, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi. Bu esa ularning ijodiy faolligi va mehnatini qadrlashning yana bir isboti bo‘ldi.

Tanlov davomida ishtirokchilarning ijodiy qobiliyatlari, sahna madaniyati hamda innovatsion yondashuvlari alohida e’tirof etildi. Mutaxassislar va pedagoglar ijodiy salohiyatni rag‘batlantirish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijodiy yo‘nalishdagi o‘sishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Nashr sanasi 06.11.2025 Ko'rishlar 2 554
Ulashish