Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Tanzila Norboyeva: Yosh avlod global jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki ularga ta’sir ko‘rsatishga qodir kuchdir

Samarqandda Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Nufuzli anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning global konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirilganidan keyin Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva yosh parlamentariylarni qutlash bilan birga, o‘z kirish so‘zini taqdim etdi.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sizlarga – yosh parlamentariylarga yo‘llagan murojaatini tingladik, – dedi T.Norboyeva. – Unda bildirilgan g‘oya va tashabbuslar davlatimiz rahbarining yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish hamda parlament diplomatiyasini rivojlantirishga bo‘lgan qat’iy sadoqatini yana bir bor namoyon etdi. Ushbu murojaat konferensiyamiz muhokamalari uchun muhim siyosiy yo‘nalishni belgilab beradi, deb umid qilamiz. Bugun bu yerda dunyoning turli mintaqalaridan kelgan yosh siyosatchilar, parlamentlar va xalqaro tashkilotlar vakillarining jam bo‘lgani yosh avlod global jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki ularga ta’sir ko‘rsatishga qodir kuch ekanini ko‘rsatadi.

EvCIL6Uh1BhcJgP2Vca7VOZAnsUTJDLX_front

Bugungi murakkab dunyoda ishonch va muloqotga ehtiyoj har qachongidan ham yuqori ekaniga e’tibor qaratildi. Parlament diplomatiyasi muloqot eshiklarini ochiq saqlashi, yosh parlamentariylar esa unga yangi fikr, jasorat va kelajak uchun mas’uliyat olib kirishi lozim.

Konferensiyamizning “Notinch davrlarda barcha uchun inson huquqlari, adolat va qadr-qimmatni tiklash” mavzusi bugungi davrning eng muhim siyosiy savolini o‘rtaga qo‘yadi. Notinch davrlarda inson huquqlari o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Aksincha, aynan shunday murakkab sharoitda davlatlar, parlamentlar va siyosatchilarning inson qadr-qimmatiga sadoqati sinovdan o‘tadi.

R6IOgr451gSqIcC4oioIEddxwrN1VbBF_front

“Qurolli mojarolar yoshlarni xavfsiz hayotdan, iqtisodiy qiyinchiliklar esa ta’lim va munosib mehnat imkoniyatidan mahrum etmoqda. Raqamli va iqlim bilan bog‘liq xatarlar ham ularning bugungi hayoti va kelajagiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Lekin, bugun biz muammolarni sanab o‘tish uchun emas, samarali yechimlar yuzasidan takliflar ishlab chiqish uchun yig‘ildik.

Asosiy savol shu: parlamentlar inson huquqlari va adolatni kundalik hayotda seziladigan natijaga qanday aylantiradi? Chunki inson qadr-qimmati faqat xalqaro hujjat yoki qonun moddasi emas. U yosh insonning ta’lim olishi, ish topishi, xavfsiz yashashi, o‘z fikrini erkin bildirishi va davlat qarorlariga ta’sir ko‘rsata olishida namoyon bo‘ladi. Yoshlarni eshitishning o‘zi yetarli emas, ular bilan birga eng kerakli qarorlar qabul qilish muhimdir”, dedi Senat Raisi.

                                                       Norgul Abduraimova,

Alisher Isroilov (surat),

O‘zA

Nashr sanasi 04.09.2026 Ko'rishlar 24
Ulashish