Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya Parlamenti Maslahatchilar palatasi prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakat Parlamentining Maslahatchilar palatasi prezidenti Masakazu Sekiguchi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishda parlamentlar muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Maslahatchilar palatasi vakillari joriy yilning aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 150 yilligiga bag‘ishlangan sessiyada faol ishtirok etdilar.

Yoshlarning parlamentga oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, O‘zbekiston – Yaponiya yoshlar parlamentlari a’zolari forumini o‘tkazish hamda 2026 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Yoshlar parlamentlari a’zolari global konferensiyasida Yaponiya delegatsiyasining ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratildi.

Parlamentlar oliy darajada erishilgan, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, texnologik va madaniy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashishi muhimligi ta’kidlandi.

O‘zA

Nashr sanasi 19.12.2025 Ko'rishlar 2 857
Ulashish