Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti YUNEP bilan ekologik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Inger Andersen bilan muloqot qildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va iqlim muammolariga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro hamkorlik, shu jumladan, milliy ekologik ma’ruzalarni tayyorlash, atrof-muhit monitoringi tizimini takomillashtirish va institutsional salohiyatni mustahkamlash masalalarida izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Ijrochi direktor O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “Yashil makon”, “Biomeros”, “Toza havo,” “Chiqindisiz hudud” va “Ekomadaniyat” kabi milliy loyihalarni yuqori baholadi. Ularning ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholi turmush sifatini oshirishdagi ahamiyati qayd etildi.

Inger Andersen, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining bugungi sammitda ilgari surilgan tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy sheriklikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

O'zA

Nashr sanasi 22.04.2026 Ko'rishlar 1 907
Ulashish