Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Til millatning ma'naviy va ma'rifiy boyligi

LONDON, 27-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida 21-oktabr – O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Unda Buyuk Britaniyada yashayotgan va ta'lim olayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.

 

O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov ishtirokchilarni O'zbek tili bayrami kuni bilan tabriklab, til millatning ma'naviy va ma'rifiy boyligi ekanligini, uni asrab-avaylash va rivojlantirish har birimizning burchimiz bo'lishi kerakligini ta'kidladi.

 

Shuningdek, ishtirokchilarga hozirda respublikada har bir sohada amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar hamda O'zbekiston – Britaniya hamkorligikning holati haqida ma'lumot berildi.

 

YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasining 40 yildan keyin Parijdan tashqarida – Samarqandda o'tkazilishining tarixiy ahamiyati hamda O'zbekistonning boy madaniy va turizm salohiyatiga to'xtalib o'tildi.

 

Anjuman davomida Oksford universitetida "O'zbek tili dasturi" ta'sis etildi. Dastur doirasida mazkur universitet talabalari va ilmiy izlanuvchilari o'zbek tilini o'rganish uchun katta imkoniyatga ega bo'ladilar.

 

Tadbir yakunida mushoira tashkil etilda, unda vatandosh talablar tomonidan o'zbek tilida she'rlar o'qib berildi.

Nashr sanasi 27.10.2025 Ko'rishlar 3 203
Ulashish