Muhimi, ushbu elektron ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga tenglashtirilgan va to‘la qonuniy kuchga ega.
Mazkur qulaylik Vazirlar Mahkamasining 550-son qaroriga muvofiq, 2023-yildan tug‘ilganlikni qayd etish kompleks davlat xizmati sifatida yo‘lga qo‘yilgan:
Tug‘ruqxona ma’lumotlarni avtomatik ravishda FHDYo bo‘limiga yuboradi va hujjat shakllanadi.
Farzand tug‘ilganligi FHDYoda qayd etilishi bilan onaning my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetiga elektron xabarnoma (sms) boradi.
Shu vaqtgacha faqat tug‘ruqxonadan QR-kodli qog‘oz ko‘rinishida berilgan ushbu ma’lumotnomani endi portal orqali istalgan vaqtda yuklab olish imkoni yaratildi.
Hujjatni olish tartibi:
my.gov.uz portali yoki MyGov ilovasiga kiring (OneID orqali).
“Ma’lumotnomalar” bo‘limiga o‘ting.
“Tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma” xizmatini tanlang va tayyor hujjatni saqlab oling.
Xizmat uchun to‘lov undirilmaydi. Hech qanday ortiqcha hujjat yig‘ish shart emas.
Ma’lumotnoma yo‘qolsa yoki shikastlansa, uni qayta tiklash uchun FHDY yoki tug‘ruqxonaga borib yurish shart emas, portal orqali istalgan vaqtda qayta yuklab olish mumkin.
Eslatma: Ushbu onlayn xizmat 2023-yil va undan keyin tug‘ilgan bolalar uchun amal qiladi.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati
