Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Voyaga yetmagan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik liberallashtirilmoqda

Qonun (O‘RQ–1092-son, 23.10.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi”ga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

 

Kodeksga kiritilgan o‘zgartirish qo‘shimchalarga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan hisoblanishi belgilandi.

 

Bundan o‘ta og‘ir jinoyatlar yoki sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar qasddan yangi jinoyat sodir etish hollari mustasno etib belgilandi.

 

Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklashning hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirildi.

 

Huquqiy axborot Telegram kanali

Nashr sanasi 24.10.2025 Ko'rishlar 4 149
Ulashish