Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Xitoyda robot yo‘lovchiga tegajog‘lik qilgani uchun hibsga olindi

Makaoda “Unitree G1” roboti 70 yoshli ayolga yaqinlashib, uzoq vaqt tikilib qoldi. Natijada juvon qo‘rqib ketgan va qichqirgan. Temirtanning qilig‘idan keyin kampir ko‘ngil aynishi va yurak urishi tezlashishidan shikoyat qildi. Bemor kasalxonada tekshiruvdan o‘tkazildi.

Keyinchalik “bezori” robot Android ta’lim muassasasi tomonidan reklama maqsadida foydalanilayotgani aniqlandi. Tekshiruvdan so‘ng robot jamoat joyida tajriba o‘tkazishdan ehtiyot bo‘lish haqida ogohlantirildi va egasiga qaytarib berildi.

S.Rahimov, O‘zA

Nashr sanasi 17.03.2026 Ko'rishlar 1 899
Ulashish