Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish borasida xalqaro hamkorlik kengaytiriladi

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Qozixonova Birlashgan Arab Amirliklari Gender muvozanati kengashi vitse-prezidenti Mona G‘anem Al Marri bilan onlayn shaklda muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda BAA Gender masalalari bo‘yicha ilg‘or tajribalar markazi bilan hamkorlikda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish, gender tenglikni ta’minlash hamda bu boradagi ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, 2022-yil sentabr oyida Jahon banki bilan hamkorlikda BAA Gender muvozanati kengashi tomonidan Gender masalalari bo‘yicha ilg‘or tajribalar markazi tashkil etilgan. Markaz davlat va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda amaliy natijalarga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Muloqot davomida O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, qo‘shma tadqiqotlar, trening va seminarlar tashkil etish, o‘zaro tashriflarni amalga oshirish masalalari ilgari surildi.

Tomonlar mazkur muloqot ikki davlat o‘rtasida xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish sohasidagi amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini ta’kidladi.

N.Abduraimova, O‘zA

Nashr sanasi 14.04.2026 Ko'rishlar 1 611
Ulashish