Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Yaponiya 2040-yilga kelib 10 million SI roboti yaratmoqchi

Yaponiya hukumati robot texnikasi sohasida yangi strategiya e’lon qildi. Ushbu hujjatga ko‘ra, 2040-yilga kelib ushbu mamlakatda 18 iqtisodiy yo‘nalishda taxminan 10 million sun’iy intellektga asoslangan robot joylashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur qurilmalardan ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, qariyalarni parvarish qilish, infratuzilmani ta’mirlash, tabiiy ofatni bartaraf etish va mudofaani kuchaytirishda foydalanish kutilyapti. Umuman, tashabbus kun chiqar yurtning kamayib borayotgan ishchi kuchini qoplashga qaratilgan.

Bundan tashqari hukumat moddiy dunyoda tegishli vazifani bajarishga qodir SI tizimini rivojlantirishga 2,6 milliard dollar ajratishni rejalashtirgan.

S.Rahimov, O‘zA

Nashr sanasi 06.07.2026 Ko'rishlar 693
Ulashish