Joriy yil 22 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2022 yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura va maqsadli doktoranturaga qabul kvotasi e’lon qilindi.
Kelgusi yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul kvotalari 2 baravar oshirilib, 3 ming 600 taga yetkazildi. Jumladan, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga birinchi marta doktoranturaga qabul kvotalari ajratildi.
Shu munosabat bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi 2022 yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik institutiga “Xalqaro huquq”, “Inson huquqlari” hamda “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi” mutaxassisliklari bo‘yicha qabul e’lon qildi.
Hujjatlar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi qabul komissiyasi tomonidan joriy yil 15 sentyabrdan – 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.
Bu boradagi tafsilotlar bilan Markazning rasmiy saytida (http://www.insonhuquqlari.uz/) o‘zbek va rus tillarida joylashtirilgan e’lon orqali to‘liq tanishish mumkin.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 24.09.2021
- Ko'rishlar: 3503
- Chop etish