MATBUOT KOTIBI BAYONOTI
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyunda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorida davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari, matbuot markazlari, jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha xizmatlarining asosiy vazifalari belgilab berilgan. Davlat organlari va tashkilotlarining ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish ana shunday vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu vazifalar ijrosi doirasida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazining faoliyati targ'ibotiga bag'ishlangan “Adolat himoyasida” medialoyihasi tayyorlandi.
Loyihadan Kirish so'zi va 7 ta tahliliy maqola joy olgan.
Maqolalar muallifi – O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist, “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali bosh muharririning o'rinbosari Erkin Ernazarov.
“Adolat himoyasida” medialoyihasi turkumidagi maqolalar Markazning rasmiy veb-saytida quyidagi mundarija asosida e'lon qilinadi:
“Adolat himoyasida” medialoyihasi: Kirish;
Inson huquqlari – oliy qadriyat (1-maqola);
“Zulm qilma, insofli bo'l, xalq uchun adl qasri bunyod et” (2-maqola);
Adolat qaror topishi yo'lida (3-maqola);
Uy buziladi (4-maqola);
Uch yildan ortiq davom etgan murosasiz kurash (5-maqola);
Sud hukmi bekor qilinsin… (6-maqola);
Buzilgan huquq tiklandi (7-maqola).
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 26.12.2019
- Ko'rishlar: 4876
- Chop etish