Parlamentlararo Ittifoq boshqaruv organlarining yangi tarkibini shakllantirish doirasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari Akmal Saidov ushbu Ittifoq Ijroiya qo'mitasi raisining o'rinbosari, shuningdek, uning moliya bo'yicha kichik qo'mitasi a'zosi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimiz vakili birinchi bor 2020-2023 yilda Parlamentlararo Ittifoq Ijroiya qo'mitasi a'zosi sifatida qayd etildi. Ushbu qaror tashkilotning Belgradda (Serbiya) bo'lib o'tgan Assambleyasi paytida qabul qilingani. O'shanda A.Saidov nomzodi Parlamentlararo Ittifoqning Yevroosiyo guruhi tomonidan ilgari surilgan va tashkilotga a'zo davlatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullangan edi.
Parlamentlararo Ittifoq dunyo davlatlari parlamentlarining asosiy xalqaro organi bo'lib, 1889 yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda tashkilotga 179 mamlakat parlamentlari a'zo.
Parlamentlararo Ittifoq Ijroiya qo'mitasi 18 kishidan tarkib topgan bo'lib, ular tashkilotning 6 ta geosiyosiy guruhini ifodalaydi va uning ma'muriy organ sifatidagi vazifalarini bajaradi.
Qayd etish joiz, A.Saidov O'zbekistonda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar e'tirofi sifatida 2023 yilning oktyabr` oyiga qadar Parlamentlararo Ittifoq Ijroiya qo'mitasi vitse-prezidenti, shuningdek, 2020-2021 yillar uchun moliya bo'yicha kichik qo'mita a'zosi etib tayinlandi.
Mamlakatimiz vakilining dunyo qonun chiqaruvchi organlarining bunday nufuzli forumi ishida qatnashishi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni yanada samarali amalga oshirish, shuningdek, xalqaro parlamentlararo hamkorlik kun tartibini shakllantirishdagi mamlakatimiz ishtirokini ta'minlash imkonini beradi.
Manba: dunyo.info
- Qo'shildi: 05.02.2020
- Ko'rishlar: 4735
- Chop etish