Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

COP30: Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash qanday kechmoqda?

Braziliyaning Belem shahrida o‘tayotgan COP30 iqlim sammitida dunyoning uchinchi yirik karbonat angidrid chiqaruvchisi sifatida Hindiston markazda turibdi. Shunga qaramay, rasmiy Dehli hali ham BMTga yangi milliy iqlim rejasi — “NDC3”ni taqdim etmagan.

Bu reja besh yilda bir marta yangilanadi va odatda yanada ambitsiyali emissiya qisqartirish maqsadlarini o‘z ichiga oladi. Shu paytgacha 196 davlatdan 120 tasi rejalarini topshirgan bo‘lsada, Hindiston jarayonni yil oxirigacha cho‘zishini ma’lum qildi.

Xalqaro tashkilotlar Hindistonning iqlim bo‘yicha harakatlarini “yetarli emas” deb baholamoqda. Hind rasmiylari esa moliyaviy va texnologik yordam bo‘lmas ekan, rivojlanayotgan mamlakatlardan keskin emissiya qisqartirishni talab qilish adolatsiz ekanini ta’kidlamoqda. 

Ta’kidlanishicha, ushbu o‘lka delegatsiyasi vakillari Hindiston o‘zining ayrim va’dalarini muddatidan oldin bajarganini eslatgan, xususan, elektr quvvatining 50 foizi yoqilg‘isiz manbalardan ta’minlanishi 2030 yilga mo‘ljallangan bo‘lsada, bu ko‘rsatkichga allaqachon erishilgan. 

Shu bilan birga, Hindistonning issiqxona gazlari emissiyasi 2024 yilda dunyodagi eng katta o‘sish sur’atiga ega bo‘ldi, undan keyin Xitoy va Indoneziya turibdi. XXR allaqachon o‘zining yangilangan “NDC3” rejasini taqdim etgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Nashr sanasi 21.11.2025 Ko'rishlar 2 715
Ulashish