2020 yil 20 yanvar kuni Toshkent shahrida yangi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy majlisi bo'lib o'tdi. Parlament quyi palatasining birinchi majlisini qonunga muvofiq Markaziy saylov komissiyasining raisi M.Abdusalomov ochdi va olib bordi.
Majlisda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi va nutq so'zladi.
Yig'ilishda mamlakatimiz Hukumati a'zolari, markaziy idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Majlisda Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz direktori, deputat Akmal Saidov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari etib saylandi.
- Qo'shildi: 21.01.2020
- Ko'rishlar: 5316
- Chop etish