Gulistonlik bolajonlarga – Markazdan kitoblar yetkazildi

9 sentyabr kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan nashr etilgan kitoblar Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Bolalar shaharchasi”ga beg'araz taqdim etildi. Bu Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami
munosabati bilan bolajonlarga ajoyib sovg'a bo'ldi.

“Bolalar shaharchasi” direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Matluba Xudoyberdieva bu yerga tashrif buyurgan Markaz xodimlariga ushbu muassasa faoliyati haqida so'zlab berdi. Taqdim etilgan kitoblar uchun Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markaziga minnatdorchilik bildirdi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech